EliteHostEliteHost
NarxlarDomenlarFikrlarYangiliklarQo'llanmaHamjamiyatYordam
KirishRo'yxatdan o'tish
EliteHostEliteHost

Serverlaringiz, botlaringiz va infratuzilmangizni bitta zamonaviy platformadan boshqaring.

Mahsulotlar

  • Minecraft Hosting
  • Telegram Bot Hosting
  • Narxlar
  • Server joylashuvlari

Resurslar

  • Qo'llanma
  • Bot joylashtirish
  • API hujjatlari
  • Tizim holati

Kompaniya

  • Biz haqimizda
  • Fikrlar
  • Yangiliklar
  • Hamjamiyat
  • Yordam markazi
  • Xatolik haqida xabar

Huquqiy

  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Qaytarish siyosati
  • Javobgarlik

© 2026 EliteHost. Barcha huquqlar himoyalangan.

🇺🇿O'zbekistonda ishlab chiqilgan

Qo'llanma

Billing va to'lovlar

Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi va balansni qanday boshqarish kerak.

5 daqiqalik o'qish

Mundarija

  • 1. Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi
  • 2. Balansni to'ldirish
  • 3. Imtiyoz muddati va to'xtatish
  • 4. Promo kodlar va do'st taklif qilish

Soatbay hisob-kitob qanday ishlaydi

EliteHost'da oldindan bir oylik to'lov olinmaydi. Server yaratganingizda balansdan hech narsa yechilmaydi — hisob faqat server ishlagan soatlar uchun boradi.

text
Soatlik narx = oylik narx ÷ 720 soat

Masalan: 60 000 so'mlik tarif
  60 000 ÷ 720 = 83,33 so'm/soat

Server 10 kun ishlasa:
  83,33 × 24 × 10 = 20 000 so'm

Serverni to'xtatib qo'ysam pul yechiladimi?

Ha. Server o'chirilgan bo'lsa ham unga ajratilgan RAM va disk band turadi, shuning uchun hisob davom etadi. To'liq to'xtatish uchun serverni o'chirib tashlash kerak.

Balansni to'ldirish

  1. 1

    Summani kiriting

    «Balans» → «Hisobni to'ldirish» bo'limiga kiring va summani yozing.

  2. 2

    To'lov usulini tanlang

    Uzcard, Humo, Click yoki Payme.

  3. 3

    To'lang va chekni yuklang

    Ko'rsatilgan kartaga o'tkazing, so'ng to'lov chekining rasmini yuklang.

  4. 4

    Tasdiqni kuting

    Odatda 5–30 daqiqada tasdiqlanadi. Tasdiqlangach sizga bildirishnoma keladi va tizim avtomatik chek yaratadi.

Imtiyoz muddati va to'xtatish

Balans tugab qolsa server darhol o'chirilmaydi — sizda vaqt bo'ladi.

QachonNima bo'ladi
To'lovga 3 kun qolgandaOgohlantirish keladi (sayt, email va Telegram)
Balans tugagandaServer to'xtatiladi (suspend), ma'lumotlar saqlanib qoladi
To'xtatilgandan keyin 3 kun ichidaBalansni to'ldirsangiz — server avtomatik qayta ishga tushadi
3 kun o'tgachServer va undagi barcha ma'lumotlar butunlay o'chiriladi

Ma'lumotlaringizni saqlang

3 kunlik muddat tugagach server tiklab bo'lmaydigan tarzda o'chiriladi. Agar to'lay olmasangiz — o'sha muddat ichida backup yuklab oling.

Promo kodlar va do'st taklif qilish

  • Promo kodni sotib olish oynasidagi maxsus maydonga kiriting
  • Profilingizda shaxsiy taklif kodingiz bor — uni do'stlaringizga ulashing
  • Do'stingiz shu kod bilan ro'yxatdan o'tib tarif sotib olsa, siz uning to'lovidan 10% olasiz
  • Bonus balansingizga avtomatik tushadi va uni xohlagan tarifga sarflashingiz mumkin

Keyingi bo'lim

Xavfsizlik

Davom etish

Javob topolmadingizmi?

Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — odatda bir necha daqiqada javob beramiz.

Murojaat yozish