Konsol, fayllar, bazalar va startup sozlamalari bilan ishlash.
6 daqiqalik o'qish
Konsol — serveringiz bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashadigan joy. U yerda server nima qilayotganini real vaqtda ko'rasiz va buyruq bera olasiz.
| Buyruq | Nima qiladi |
|---|---|
stop | Serverni xavfsiz to'xtatadi (dunyo saqlanadi) |
restart | Qayta ishga tushiradi |
op <nom> | O'yinchiga administrator huquqini beradi |
whitelist add <nom> | O'yinchini oq ro'yxatga qo'shadi |
say <matn> | Hamma o'yinchiga xabar yuboradi |
save-all | Dunyoni darhol diskka yozadi |
Serverni to'g'ri o'chiring
Quvvat tugmasi bilan majburiy o'chirish o'rniga konsolda stop yozing — aks holda dunyoning oxirgi o'zgarishlari yo'qolishi mumkin.
plugins — pluginlar, world — dunyo, logs — xato loglari shu yerdaBa'zi pluginlar (masalan, iqtisod yoki ro'yxatdan o'tish pluginlari) MySQL bazasini talab qiladi. Uni boshqaruv panelidan bir bosishda yaratasiz.
Baza yarating
Server → «Bazalar» → «Yangi baza». Tizim host, nom, foydalanuvchi va parolni beradi.
Plugin konfiguratsiyasiga yozing
Plugin config.yml fayliga shu ma'lumotlarni kiriting.
Qayta ishga tushiring
Server qayta yuklangach plugin bazaga ulanadi.
Startup bo'limida server qanday ishga tushishini boshqarasiz — masalan Minecraft versiyasi yoki yadroga beriladigan xotira.
Versiyani o'zgartirish
Versiyani almashtirgach serverni qayta o'rnatish (reinstall) kerak bo'ladi. Bu dunyoni o'chirmaydi, lekin ehtiyot uchun avval backup oling.
Keyingi bo'lim
API
Javob topolmadingizmi?
Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — odatda bir necha daqiqada javob beramiz.