Katta yangilanish: AI agentlar jamoasi, jonli orqa fonlar, Telegram bot markazi, nemis tili va 90+ yangilik
🎉 So'nggi ikki haftada qo'shilgan hamma narsa — bitta sahifada. EliteHost AI endi agentlar jamoasi bilan katta loyihalarni yozadi, sayt va panelga o'z rasmingiz, videongiz yoki jonli fonni qo'yasiz, Telegram botlaringizni paneldan to'liq boshqarasiz, sayt esa 4 tilda — nemis tili qo'shildi.
E
EliteHost
🎉 So'nggi ikki haftada qo'shilgan hamma narsa — bitta sahifada. EliteHost AI endi agentlar jamoasi bilan katta loyihalarni yozadi, sayt va panelga o'z rasmingiz, videongiz yoki jonli fonni qo'yasiz, Telegram botlaringizni paneldan to'liq boshqarasiz, sayt esa 4 tilda — nemis tili qo'shildi.
🤖 EliteHost AI — jetzt ein ganzes Team
Panelning AI yordamchisi Elix katta vazifani o'zi qismlarga bo'ladi va bir nechta agentga topshiradi. Agentlar bir vaqtda ishlaydi, bitta umumiy loyihaga yozadi, oxirida rahbar hammasini yig'ib, xatolarini tuzatadi — siz tayyor natijani olasiz.
Ultracode: vazifaga qarab 6 tagacha agent bir vaqtda ishlaydi, har biri o'z AI modelida — qaysi model ekani ko'rinib turadi
Loyiha bo'lsa avval arxitektor fayllar rejasini tuzadi, keyin agentlar har faylni alohida yozadi — o'nlab faylli katta pluginlar ham yig'iladi
Chapdagi «Jarayon» paneli: agentlar, ularning vazifasi (kod, dizayn, sinov, tadqiqot…) va reja jonli animatsiyada; telefonda — suhbat tepasida
Vazifa oxirigacha bajariladi: «yarat, keyin test qil» desangiz, AI har qadamni ✅ bilan belgilab, tugatmaguncha to'xtamaydi
Agentlar — Elix'ning yordamchi robotlari: ishlayotganini jonli ko'rasiz, Ultracode yoqilganda kinematik intro
Plaginlar Gradle yoki Maven bilan yig'iladi — Vault, PlaceholderAPI kabi kutubxonalar bilan
Ultracode: Agenten arbeiten parallel, links – Prozesspanel und Plan
🧠 Aqlliroq javoblar: «Chuqur o'ylash», internet va rasmlar
AI endi taxmin qilmaydi: kerak bo'lsa internetdan qidiradi, manbalarni solishtiradi va javobni manbalari bilan beradi.
«Chuqur o'ylash»: reja tuzadi, bir nechta manbadan qidiradi, faktlarni solishtiradi va manbali hisobot yozadi
«Web izlanish»: javobdan oldin internetdan qidiradi; Minecraft yangiliklari va versiyalari — rasmiy manbalardan
Javoblarda rasmlar: masalan, Minecraft yangiliklari rasmlari bilan
Plugin qidiruvi: Modrinth, Hangar va SpigotMC — yuklanishlar soni, versiya va havola bilan
5 ta o'ylash darajasi — Tez, O'rta, Yuqori, Ekstra va Maks — sudraladigan quvvat slayderida
Javoblar tartibli: qisqa xulosa, jadvallar, kartalar va aniq qadamlar; matn so'zma-so'z silliq paydo bo'ladi
Uzun suhbatda AI oldingi gaplarni unutmaydi; qancha eslab turgani halqada ko'rinadi, /compact bilan suhbatni siqish mumkin
Minecraft-Nachrichten mit Bildern und Ja/Nein-Schaltflächen
✨ AI bilan ishlash yanada qulay
Suhbat oynasi qayta yasaldi: kamroq bosish — ko'proq natija.
Ha/Yo'q tugmalari: AI tasdiq yoki tanlov so'rasa, bitta bosish bilan javob berasiz
Fayl menejeridan biriktirish: serverdagi fayllarni tanlab AI'ga ko'rsatasiz; rasm yuborib tahlil qildirish ham mumkin
4 ta ruxsat rejimi: ruxsat so'rab, tahrirlar avtomatik, reja rejimi («Rejani bajarish» tugmasi) va to'liq avtomatik; muhim amallar har doim ruxsat so'raydi
Yangi imkoniyatlar: qaysi plagin xato berayotganini topish, zaxira nusxalar, ma'lumotlar bazalari, server foydalanuvchilari va serverga fayl yuklash
Kuzatuv rejimi: AI konsoldagi xatolarni o'zi sezadi va bir bosishda tuzatishni taklif qiladi
Elix maskoti: 16 xil kayfiyat, kursorga qaraydi, siz yozayotganingizda «tinglaydi»; uni sahifaning istalgan joyiga sudrab qo'yasiz
Maskotga o'zingiz ism qo'ying — AI o'zini shu ism bilan ataydi; rangi, o'lchami, harakati va ovozi ham sozlanadi
Suhbatni nusxalab boshqa yo'nalishda davom ettirish, muhim javobni qadab qo'yish va o'zgargan qatorlar hisobi
Ishonchliroq: bitta model band bo'lsa AI o'zi boshqasiga o'tadi, javob kelmasa kredit yechilmaydi; o'z AI kalitingizni ham ulashingiz mumkin
Oddiy savollar 2–4 barobar kam token sarflaydi — limitingiz uzoqroq yetadi
Serverdateien an den KI-Chat anhängen
🧪 AI Playground va AI tariflari
Serveringiz bo'lmasa ham bo'ladi: nima kerakligini tasvirlab bering — AI loyihani yozadi, yig'adi va yuklab olishga tayyorlaydi.
Pluginlar va modlar: Paper, Folia, Velocity, Fabric, Forge, NeoForge, Bedrock va PocketMine
Veb-sayt: jonli ko'rish, .zip qilib yuklab olish yoki sayt serveringizga bir bosishda o'rnatish
Telegram bot: buyruqlar, tugmalar va ma'lumotlar bazasi bilan — tekshiruvdan o'tib yig'iladi
YANGI: Discord bot (discord.py) va Node.js ilova yoki bot (Express, Telegraf, discord.js)
Har loyiha uchun o'ylash darajasi va modelni tanlash — o'z kalitingizdagi modellar bilan ham
AI tariflari: Pro, Max va yangi Ultra (Max'dan 3 barobar ko'p limit) — serversiz ham ishlaydi
Oyiga 20 000 so'm va undan qimmat hosting tarifida EliteHost AI bepul
💬 Telegram botlar: boshqaruv markazi va 9 ta til
«Botlar» bo'limida har bot kartasida yangi «Telegram» tugmasi bor. Bot tokeni xavfsiz — brauzerga chiqmaydi.
Tashxis: token, webhook, jarayon va logdagi xatolar — har birining sababi va yechimi bilan; bir bosishda «AI bilan tuzatish»
«/» buyruqlar menyusi, bot nomi va tavsiflari — o'zbek, rus va ingliz tillarida
Webhook holati va uni o'chirish (409 Conflict xatosining eng ko'p sababi), navbatni tozalash va test xabari
Bitta tarifda bir nechta bot: har birining logi, CPU va RAM ko'rsatkichi alohida, yiqilgan bot o'zi qayta yonadi
9 ta til: Python, Node.js, Go, PHP, Java, .NET, Rust, Bun va Ruby — arxiv yuklansa tili, kirish fayli va sozlamalari o'zi aniqlanadi
Bot Doctor yangi tillarda ham xatolarni tahlil qiladi
Panelga Telegram orqali kirish; kabinetingiz Telegram ichida ham ochiladi (parolsiz), Telegram orqali ro'yxatdan o'tish
Xabarlar siz tanlagan tilda (botda /til), premium emojilar; saytda tanlagan rangingiz botga ham o'tadi
Telegram-Zentrale: Diagnose, Befehle, Profil, Webhook und Test
🖥 O'z orqa foningiz va 10 ta jonli fon
Sayt va panelni o'zingizga moslang: istalgan rasm yoki videoni orqa fon qilib qo'ying — asl sifatda, siqilmasdan. Yoki 10 ta jonli fondan birini tanlang: ular harakatlanadi va sichqonchaga javob beradi.
Rasm (JPG, PNG, WEBP, GIF) yoki video (MP4, WEBM) — yuklang, sudrab tashlang yoki Ctrl+V bilan qo'ying
Fon saytda ham, panelda ham ishlaydi; xohlasangiz — faqat kabinetda
10 ta jonli fon: zarrachalar tarmog'i, shimol shafag'i, yulduzli fazo, to'lqinlar, pufakchalar, neon to'r, kod yomg'iri, yorug' qo'ng'izlar, qor va suyuq dog'lar
Jonli fonning zichligi, tezligi, rangi va sichqonchaga javobi sozlanadi; rangi urg'u rangingizga ergashadi
Xiralashtirish, qoraytirish, yorqinlik va rang to'yinganligi; video uchun ovoz, balandlik va tezlik
Tayyor fonlar: Minecraft videolari, o'yinlar va gradientlar
Kommentare(1)
Um einen Kommentar zu schreiben, anmelden.
a