News
UpdateNov 14, 20263810 min read

Katta yangilanish: AI agentlar jamoasi, jonli orqa fonlar, Telegram bot markazi, nemis tili va 90+ yangilik

🎉 So'nggi ikki haftada qo'shilgan hamma narsa — bitta sahifada. EliteHost AI endi agentlar jamoasi bilan katta loyihalarni yozadi, sayt va panelga o'z rasmingiz, videongiz yoki jonli fonni qo'yasiz, Telegram botlaringizni paneldan to'liq boshqarasiz, sayt esa 4 tilda — nemis tili qo'shildi.

E

EliteHost

🎉 So'nggi ikki haftada qo'shilgan hamma narsa — bitta sahifada. EliteHost AI endi agentlar jamoasi bilan katta loyihalarni yozadi, sayt va panelga o'z rasmingiz, videongiz yoki jonli fonni qo'yasiz, Telegram botlaringizni paneldan to'liq boshqarasiz, sayt esa 4 tilda — nemis tili qo'shildi.

🤖 EliteHost AI — now a whole team

Panelning AI yordamchisi Elix katta vazifani o'zi qismlarga bo'ladi va bir nechta agentga topshiradi. Agentlar bir vaqtda ishlaydi, bitta umumiy loyihaga yozadi, oxirida rahbar hammasini yig'ib, xatolarini tuzatadi — siz tayyor natijani olasiz.

Ultracode: vazifaga qarab 6 tagacha agent bir vaqtda ishlaydi, har biri o'z AI modelida — qaysi model ekani ko'rinib turadi
Loyiha bo'lsa avval arxitektor fayllar rejasini tuzadi, keyin agentlar har faylni alohida yozadi — o'nlab faylli katta pluginlar ham yig'iladi
Chapdagi «Jarayon» paneli: agentlar, ularning vazifasi (kod, dizayn, sinov, tadqiqot…) va reja jonli animatsiyada; telefonda — suhbat tepasida
Vazifa oxirigacha bajariladi: «yarat, keyin test qil» desangiz, AI har qadamni ✅ bilan belgilab, tugatmaguncha to'xtamaydi
Agentlar — Elix'ning yordamchi robotlari: ishlayotganini jonli ko'rasiz, Ultracode yoqilganda kinematik intro
Plaginlar Gradle yoki Maven bilan yig'iladi — Vault, PlaceholderAPI kabi kutubxonalar bilan
Ultracode: agents work in parallel, on the left — process panel and plan
Ultracode: agents work in parallel, on the left — process panel and plan

🧠 Aqlliroq javoblar: «Chuqur o'ylash», internet va rasmlar

AI endi taxmin qilmaydi: kerak bo'lsa internetdan qidiradi, manbalarni solishtiradi va javobni manbalari bilan beradi.

«Chuqur o'ylash»: reja tuzadi, bir nechta manbadan qidiradi, faktlarni solishtiradi va manbali hisobot yozadi
«Web izlanish»: javobdan oldin internetdan qidiradi; Minecraft yangiliklari va versiyalari — rasmiy manbalardan
Javoblarda rasmlar: masalan, Minecraft yangiliklari rasmlari bilan
Plugin qidiruvi: Modrinth, Hangar va SpigotMC — yuklanishlar soni, versiya va havola bilan
5 ta o'ylash darajasi — Tez, O'rta, Yuqori, Ekstra va Maks — sudraladigan quvvat slayderida
Javoblar tartibli: qisqa xulosa, jadvallar, kartalar va aniq qadamlar; matn so'zma-so'z silliq paydo bo'ladi
Uzun suhbatda AI oldingi gaplarni unutmaydi; qancha eslab turgani halqada ko'rinadi, /compact bilan suhbatni siqish mumkin
Minecraft news with images and Yes/No buttons
Minecraft news with images and Yes/No buttons

✨ AI bilan ishlash yanada qulay

Suhbat oynasi qayta yasaldi: kamroq bosish — ko'proq natija.

Ha/Yo'q tugmalari: AI tasdiq yoki tanlov so'rasa, bitta bosish bilan javob berasiz
Fayl menejeridan biriktirish: serverdagi fayllarni tanlab AI'ga ko'rsatasiz; rasm yuborib tahlil qildirish ham mumkin
4 ta ruxsat rejimi: ruxsat so'rab, tahrirlar avtomatik, reja rejimi («Rejani bajarish» tugmasi) va to'liq avtomatik; muhim amallar har doim ruxsat so'raydi
Yangi imkoniyatlar: qaysi plagin xato berayotganini topish, zaxira nusxalar, ma'lumotlar bazalari, server foydalanuvchilari va serverga fayl yuklash
Kuzatuv rejimi: AI konsoldagi xatolarni o'zi sezadi va bir bosishda tuzatishni taklif qiladi
Elix maskoti: 16 xil kayfiyat, kursorga qaraydi, siz yozayotganingizda «tinglaydi»; uni sahifaning istalgan joyiga sudrab qo'yasiz
Maskotga o'zingiz ism qo'ying — AI o'zini shu ism bilan ataydi; rangi, o'lchami, harakati va ovozi ham sozlanadi
Suhbatni nusxalab boshqa yo'nalishda davom ettirish, muhim javobni qadab qo'yish va o'zgargan qatorlar hisobi
Ishonchliroq: bitta model band bo'lsa AI o'zi boshqasiga o'tadi, javob kelmasa kredit yechilmaydi; o'z AI kalitingizni ham ulashingiz mumkin
Oddiy savollar 2–4 barobar kam token sarflaydi — limitingiz uzoqroq yetadi
Attaching server files to AI chat
Attaching server files to AI chat

🧪 AI Playground va AI tariflari

Serveringiz bo'lmasa ham bo'ladi: nima kerakligini tasvirlab bering — AI loyihani yozadi, yig'adi va yuklab olishga tayyorlaydi.

Pluginlar va modlar: Paper, Folia, Velocity, Fabric, Forge, NeoForge, Bedrock va PocketMine
Veb-sayt: jonli ko'rish, .zip qilib yuklab olish yoki sayt serveringizga bir bosishda o'rnatish
Telegram bot: buyruqlar, tugmalar va ma'lumotlar bazasi bilan — tekshiruvdan o'tib yig'iladi
YANGI: Discord bot (discord.py) va Node.js ilova yoki bot (Express, Telegraf, discord.js)
Har loyiha uchun o'ylash darajasi va modelni tanlash — o'z kalitingizdagi modellar bilan ham
AI tariflari: Pro, Max va yangi Ultra (Max'dan 3 barobar ko'p limit) — serversiz ham ishlaydi
Oyiga 20 000 so'm va undan qimmat hosting tarifida EliteHost AI bepul

💬 Telegram botlar: boshqaruv markazi va 9 ta til

«Botlar» bo'limida har bot kartasida yangi «Telegram» tugmasi bor. Bot tokeni xavfsiz — brauzerga chiqmaydi.

Tashxis: token, webhook, jarayon va logdagi xatolar — har birining sababi va yechimi bilan; bir bosishda «AI bilan tuzatish»
«/» buyruqlar menyusi, bot nomi va tavsiflari — o'zbek, rus va ingliz tillarida
Webhook holati va uni o'chirish (409 Conflict xatosining eng ko'p sababi), navbatni tozalash va test xabari
Bitta tarifda bir nechta bot: har birining logi, CPU va RAM ko'rsatkichi alohida, yiqilgan bot o'zi qayta yonadi
9 ta til: Python, Node.js, Go, PHP, Java, .NET, Rust, Bun va Ruby — arxiv yuklansa tili, kirish fayli va sozlamalari o'zi aniqlanadi
Bot Doctor yangi tillarda ham xatolarni tahlil qiladi
Panelga Telegram orqali kirish; kabinetingiz Telegram ichida ham ochiladi (parolsiz), Telegram orqali ro'yxatdan o'tish
Xabarlar siz tanlagan tilda (botda /til), premium emojilar; saytda tanlagan rangingiz botga ham o'tadi
Telegram center: diagnosis, commands, profile, webhook, and test
Telegram center: diagnosis, commands, profile, webhook, and test

🖥 O'z orqa foningiz va 10 ta jonli fon

Sayt va panelni o'zingizga moslang: istalgan rasm yoki videoni orqa fon qilib qo'ying — asl sifatda, siqilmasdan. Yoki 10 ta jonli fondan birini tanlang: ular harakatlanadi va sichqonchaga javob beradi.

Rasm (JPG, PNG, WEBP, GIF) yoki video (MP4, WEBM) — yuklang, sudrab tashlang yoki Ctrl+V bilan qo'ying
Fon saytda ham, panelda ham ishlaydi; xohlasangiz — faqat kabinetda
10 ta jonli fon: zarrachalar tarmog'i, shimol shafag'i, yulduzli fazo, to'lqinlar, pufakchalar, neon to'r, kod yomg'iri, yorug' qo'ng'izlar, qor va suyuq dog'lar
Jonli fonning zichligi, tezligi, rangi va sichqonchaga javobi sozlanadi; rangi urg'u rangingizga ergashadi
Xiralashtirish, qoraytirish, yorqinlik va rang to'yinganligi; video uchun ovoz, balandlik va tezlik
Tayyor fonlar: Minecraft videolari, o'yinlar va gradientlar
Qayerda: yuqoridagi «Ko'rinish» tugmasi → «Orqa fon»; telefonda — «Menyu» ichida
Orqa fon studiyasi: 10 ta jonli fon, «Shimol shafag'i» yoqilgan
Orqa fon studiyasi: 10 ta jonli fon, «Shimol shafag'i» yoqilgan

🎨 Dizayn: 12 ta shrift, liquid glass va animatsiyalar

Interfeys endi siz xohlagandek ko'rinadi va his qilinadi.

12 ta shrift, jumladan Minecraft va Source Serif — saytda tanlaganingiz panelda ham qo'llanadi
AI chat javoblari uchun alohida shrift va o'lcham
Liquid glass tugmalar: shisha, muzli, mat, kontur va neon; shaffoflik, blur, o'lcham va burchak sozlanadi
Kalit va slayderlar bosilganda shishaga aylanadi
Animatsiyalar studiyasi: fayllar paydo bo'lishining 8 uslubi, sahifa o'tishlari va tezligi
Vizual rejim (boy, odatiy, tez), effektlarni alohida yoqish-o'chirish va 4 xil matn o'lchami
Telefonda tebranish: balans tushganda, xabar, xato va muvaffaqiyatda har xil his
«Ko'rinish» menyusi: orqa fon, mavzu, urg'u rangi va 12 ta shrift
«Ko'rinish» menyusi: orqa fon, mavzu, urg'u rangi va 12 ta shrift

⛏ Minecraft serverlar uchun

Server egalari eng ko'p so'ragan asboblar — hammasi panelda.

Server o'chiq bo'lsa ham Minecraft ro'yxatida chiroyli, animatsiyali status: «OFFLINE», «To'xtatilgan», «Mavjud emas», «O'rnatilmoqda»
Kirishga uringan o'yinchi server holatini va uni qayerda yoqish mumkinligini ko'radi
Velocity proksi xaritasi: serverni sudrab yoki «Ulash» tugmasi bilan ulash, xatolarni topib bir bosishda tuzatish
Velocity himoyasi: backend serverlarning o'yin porti bir bosishda internetdan yopiladi
GUI Studiya: DeluxeMenus, zMenu va boshqa pluginlar uchun menyular — haqiqiy predmet rasmlari, AI bilan yasash, bir nechta menyu tablarda
GUI Studiyada HEX ranglar, 34 gradient, 29 shablon, tayyor do'kon (Vault, PlayerPoints) va menyularni bir-biriga bog'lash
Foto studiya: piksel muharrir va animatsiya, maxsus predmetlar, tovushlar, yuklanish ekrani va resurs pak — o'yinchilarga bir bosishda
Xavfsizlik tekshiruvi: crack rejim, zaif RCON parol va zararli pluginlarni topib, bir tugma bilan tuzatadi; firewall'da IP bloklash
Plugin tekshiruvi va davolash oxirigacha ishlaydi, «To'xtatish» tugmalari bilan
Yangi muharrir: ranglar, gradient va formatlash o'ng tugmada, xatolar darhol ko'rinadi
O'yinchilar inventari haqiqiy predmet rasmlari bilan; server rasmi (64×64) istalgan rasmdan

🗄 Panel va fayl menejeri

«Xotira» skaneri: diskda nima joy olayotgani — rangli chiziq, eng katta fayl va papkalar
.zip va .tar.gz arxivlarini chiqarish
250 dan ortiq fayl ham ko'rinadi; yangi fayl daraxti — qidiruv, sevimli papkalar, tez kirish
Kerak bo'lmagan tugmalarni «Ko'proq»ga yashirish — yon panelda va telefonda ham
Ish stoli silliq: surish, kattalashtirish va oynalarni sudrash qotmaydi; telefonda fayl amallari pastdan chiqadi
Muzlatilgan server: jonli muz ekrani — muz haqiqiy vaqtga qarab eriydi va necha foizi eriganini ko'rsatadi
To'lanmagan server sahifasida taymer va «Balansni to'ldirish» tugmasi
rProxy: o'z domeningizni ulang — sxema, DNS va HTTPS bosqichlari, javob tezligi; har tarifda o'z domenlar soni
EliteDeploy: saytingizni GitHub'dan bir bosishda joylash, versiyalar tarixi va oldingi versiyaga qaytish

🌍 Sayt: 4 til, jonli chat va kinematik animatsiyalar

Sayt endi 4 tilda: o'zbek, rus, ingliz va nemis (Deutsch) — har til o'z manzilida: /ru, /en, /de
Rus va ingliz tarjimasi to'ldirildi: qo'llanmalar, narxlar, sanalar va xabarlar
EliteHost AI endi panelda: saytdagi «EliteHost AI» sahifasi sizni panelga olib o'tadi, tariflar o'sha sahifada qoladi
Jonli chat: operator onlayn ekani va «yozmoqda…» ko'rinadi, rasmni Ctrl+V bilan yuborish, o'qilganlik belgilari, javob va qoralama
Global chat o'rniga barcha savollar — «Yordam» → «Jonli chat»
Kinematik animatsiyalar: server sotib olish, o'chirish (qora tuynuk), muzlatish va eritish; balans tushganda summa sanaladi
Yangiliklar bosh sahifada, «Yangi» belgisi va Telegram orqali ulashish; raqamlar jonli chiqadi
Sayt xaritasi — jonli grafik; fikrlarda «8 oydan beri mijoz» kabi yozuv
Minecraft hosting sahifasi: o'yinchilar soniga qarab RAM jadvali va 1 daqiqada server ochish yo'riqnomasi
The site in German — elitehost.uz/de
The site in German — elitehost.uz/de

🌐 Domenlar va DNS

13 ta DNS yozuv turi: A, AAAA, CNAME, TXT, MX, SRV, NS, CAA, PTR, HTTPS, SVCB, TLSA va SSHFP
A, AAAA va CNAME uchun Cloudflare proksi (DDoS himoyasi va CDN) — bitta tugma
SPF, DMARC, CAA va HTTPS uchun tayyor shablonlar; yozuvlarni qidirish va saralash
Domen to'lovi tasdiqlangach o'zi tayyorlanadi va faollashgach topshiriladi
rProxy'da EliteHost'dagi domen tanlansa, DNS yozuvlari o'zi qo'shiladi

🔐 Hisob, to'lov va xavfsizlik

Google, Discord va GitHub bilan kirishda ham ikki bosqichli himoya (2FA); Google bilan bir bosishda ro'yxatdan o'tish
To'lov eslatmalari 10 kun oldin boshlanadi: 10, 7, 3, 1 kun va 6 soat qolganda — Telegram va email orqali
To'lanmagan server endi 10 kun saqlanadi (avval 3 kun) va to'lovdan keyin o'zi tiklanadi
To'xtatilgan server kartasida o'chishigacha qolgan vaqt soniyama-soniya sanaladi
Bloklangan hisob sababini va muddatini ko'radi, qo'llab-quvvatlashga bir bosishda yozadi
Click va Payme belgilari endi aniq ko'rinadi
Foydalanish shartlari: hisobni boshqaga bermang — serverga qo'shimcha foydalanuvchi qo'shing; biz hech qachon parolingizni so'ramaymiz
Tuzatishlar: SA-MP va open.mp serverlari to'g'ri ochiladi, kirish muddati tugaganda xato oynasi chiqmaydi
Share:Telegram

Comments(1)

To write a comment, sign in.