Serveringiz hujumni birinchi bo‘lib sezsin

EliteShield trafikni kuzatadi, shubhali oqimni aniqlaydi va sizga darhol xabar beradi. Kuniga atigi 97 so'm atrofida, katta tariflarda esa umuman bepul.

Imkoniyatlar

Kuzatadi, aniqlaydi, xabar beradi

Jonli trafik

Kiruvchi va chiquvchi trafik, ulanishlar, CPU va RAM real vaqtda. 1 soatdan 30 kungacha tarix.

Shubhali oqimni sezadi

Bir manzildan juda ko‘p ulanish, turli niklar bilan kirish, to‘satdan oshgan paketlar darhol ko‘rinadi.

Node darajasida cheklov

Bir manzildan keladigan yangi ulanishlar va UDP paketlar serveringizga yetmasdan cheklanadi.

Telegram xabari

Shubhali trafik bo‘lsa yoki holat o‘zgarsa darhol xabar keladi. Saytga kirib o‘tirish shart emas.

Minecraft uchun plagin

1.8 dan eng yangi versiyagacha: TPS, o‘yinchilar, bot oqimi. Paper, Purpur, Spigot, Folia va Geyser bilan.

Serverga yuk bermaydi

Plagin o‘yin oqimini band qilmaydi va hech qachon serveringizni to‘xtatmaydi.

Narx

Bir choy pulidan ham arzon

Tarifingizga qarab bepul yoki juda arzon.

Katta tariflar

Bepul

54 000 so'm va undan qimmat tariflarda avtomatik yoqiladi.

Eng ko‘p tanlanadi

2 900 so'm

oyiga, kuniga 97 so'm atrofida

Birinchi 7 kun bepul

28% tejaysiz

24 900 so'm

bir yilga, bir marta

Savollar

Ochiq javoblar

Bu to‘liq DDoS himoyasimi?

Hozircha yo‘q, va buni ochiq aytamiz. EliteShield node darajasida kuzatadi va cheklaydi. Kanalni to‘ldiradigan juda katta hujumni to‘xtatish uchun tarmoq provayderi kerak, u ulanganda panelda ko‘rinadi.

Serverim sekinlashadimi?

Yo‘q. O‘lchovlar fon oqimida, qoidalar esa tizim yadrosida ishlaydi. Oddiy o‘yinchilar farqni sezmaydi.

To‘lov tugasa server o‘chadimi?

Yo‘q. Faqat EliteShield to‘xtaydi, serveringiz ishlashda davom etadi.

Boshqa hostingda ishlaydimi?

Yo‘q. EliteShield faqat EliteHost serverlarida ishlaydi.