Yangi Tebex darajasidagi donat do‘koni — O‘zbekiston uchun

O‘yin serveringiz uchun o‘z donat do‘koningizni yarating.

Rank, kit va boshqa raqamli mahsulotlarni soting. To‘lovlarni avtomatlashtiring va serveringiz daromadini yagona platformada boshqaring.

Oylik to‘lov yo‘q · 4% komissiya · Paper, Purpur, Spigot, Folia

Mashhur serverlar

Do‘konga kiring, nickname’ingizni yozing — xarid o‘yinda avtomatik beriladi.

Birinchi do‘konlardan biri siz bo‘lingPlatforma yangi ochildi — hozir yaratilgan do‘konlar katalogda yuqorida turadi.Do‘kon yaratish
RanklarVIPCoinlarCrate kalitlarKitlarBattlePassO‘yin puliUnbanPrefiks va teglarPetlarKosmetikaObunalar

Qanday ishlaydi?

To‘rt qadam — va serveringiz o‘zini o‘zi moliyalashtiradi.

  1. 1Do‘kon yarating

    Nom, logo, banner va manzil — 2 daqiqada. store.elitehost.uz/sizning-nomingiz bepul.

  2. 2Serverni ulang

    EliteHost serveriga 1 bosishda yoki istalgan hostingga EliteHostStore plaginini o‘rnating.

  3. 3Mahsulot qo‘shing

    Rank, VIP, kit, key, coin — har biriga serverda bajariladigan buyruqlar: lp user {player} parent set vip

  4. 4Daromad oling

    Har to‘lovdan 96% sizga. Pul daromad hamyoningizga tushadi — kartaga yoki hosting balansiga yeching.

Avtomatik yetkazish

To‘lov tasdiqlanishi bilan mahsulot o‘yinchiga beriladi — siz uxlayotganingizda ham.

Offline navbat

O‘yinchi serverda bo‘lmasa — buyruq navbatda kutadi va u kirganda darhol bajariladi.

Click, Payme, karta

O‘yinchi EliteHost balansini Click/Payme/Uzcard/Humo bilan to‘ldiradi — xarid avtomatik yakunlanadi.

Xavfsiz va aniq

Narx faqat serverda hisoblanadi, buyruq ikki marta bajarilmaydi, nickname qat’iy tekshiriladi.

Promo-kodlar va aksiyalar

Chegirma narxi, muddatli aksiya, promo-kodlar, ombor va o‘yinchi limiti.

Real statistika

Bugungi, haftalik, oylik savdo, eng ko‘p sotilganlar, xaridorlar va 14 kunlik grafik.

Muddatli mahsulotlar

VIP 30 kun: muddat tugaganda olib tashlash buyrug‘i o‘zi bajariladi.

Pul yechish

Admin tasdiqlovi yoki tezkor — kartaga; hosting balansiga — darhol va komissiyasiz.

EliteHostStore plagini 1.0

Bitta plagin — barcha serverlar

Paper, Purpur, Spigot va Folia; Minecraft 1.8 – 1.21. EliteHost’dagi serveringizga paneldan 1 bosishda o‘rnatiladi, boshqa hostingda — jarni plugins/ ga tashlab kalitni yozasiz.

/store — do‘kon havolasi /donate — xuddi shu /store status — ulanish holati (admin) /store reload — sozlamalarni yangilash # config.yml api-key: "ehs_…" # panel → Serverlar poll-seconds: 15

Narxlar

Boshlash bepul. Platforma faqat muvaffaqiyatli savdodan foiz oladi.

FREEBepulhar doim

4% komissiya

  • Bepul manzil: store.elitehost.uz/nom
  • 25 tagacha mahsulot
  • 1 ta server
  • Tayyor dizayn shablonlari
  • Asosiy statistika
Bepul boshlash
PRO99 000 so‘m−51%49 000 so‘moyiga

2% komissiya

  • 200 tagacha mahsulot
  • 3 ta server
  • Promo-kodlar
  • To‘liq dizayn konstruktori (rang, burchak, tugma)
  • Batafsil analitika
Tanlash
BUSINESS249 000 so‘m−48%129 000 so‘moyiga

1% komissiya

  • 1000 tagacha mahsulot
  • 20 ta server (BungeeCord/Velocity tarmoq)
  • Individual komissiya
  • Shaxsiy domen (so‘rov bo‘yicha)
  • Ustuvor yordam
Tanlash

Pullik subdomen (nom.elitehost.uz) — 15 000 so‘m/oy. Hisob-kitob misoli: 100 000 so‘mlik xarid → 4 000 so‘m platforma, 96 000 so‘m sizga.

Ko‘p so‘raladigan savollar

O‘yinchi EliteHost akkauntiga kiradi va balansini Click, Payme, Uzcard, Humo yoki karta bilan to‘ldiradi — xarid avtomatik yakunlanadi. Bonus pullar donatga ishlatilmaydi.

Har savdodan ulushingiz darhol daromad hamyoningizga yoziladi va qaytarishlar uchun bir necha kun kutgach yechib olish mumkin bo‘ladi.

«O‘yinchi onlayn bo‘lishi kerak» belgilangan buyruqlar navbatda turadi va o‘yinchi kirishi bilan bajariladi. Boshqalari darhol bajariladi.

Yo‘q. Har buyruqning yagona ID si bor, plagin bajarilganlarini diskda saqlaydi va tasdiq kelmasa ham qayta bajarmaydi.

Ha: coin, o‘yin puli, crate kalitlari, kitlar, BattlePass, unban, prefiks, pet va kosmetika. Mahsulot qo‘shishdagi «Tez shablon» bir bosishda tayyor buyruqlarni yozib beradi.

Ha. Xaridor tepada UZ / RU / EN ni tanlaydi; mahsulot nomi va tavsifining ruscha va inglizcha tarjimasini o‘zingiz yozib qo‘yishingiz mumkin. Qorong‘i va yorug‘ rejim ham bor.

Ha. Plaginni yuklab oling, plugins/ papkasiga tashlang, config.yml ga paneldagi kalitni yozing va /store reload qiling.

O‘yin serveringiz. Sizning do‘koningiz. Sizning daromadingiz.

Do‘konni bepul ochish