Hujjatlar

Persistent Storage

Bot va saytlar uchun doimiy xotira — /data papkasi

Nima uchun kerak?

Botni qayta deploy qilganingizda (yangi ZIP) yoki konteyner qayta yaratilganda ish papkasidagi fayllar yangilanadi. Bot yozgan SQLite baza, foydalanuvchi rasmlari yoki keshlar o‘chib ketishi mumkin. Persistent Storage — alohida disk: u serverga /data papkasi sifatida ulanadi va hech qachon o‘zi o‘chmaydi.

1. Xotira olish va ulash

  1. Persistent Storage sahifasida tarif tanlang (1–100 GB).
  2. Xarid oynasida bot yoki saytingizni tanlang — xotira avtomatik /data ga ulanadi va server qayta ishga tushadi.
  3. Keyinroq ulamoqchi bo‘lsangiz: Panel → Persistent Storage → volume → «Serverga ulash».

Bitta tarif hajmini bir nechta volume’ga bo‘lish mumkin: masalan 10 GB → 6 GB bot uchun, 4 GB sayt uchun. Bir serverga har xil yo‘l bilan (masalan /data va /storage) bir nechta volume ulanadi.

2. Kodda ishlatish

Asosiy qoida: saqlanishi kerak bo‘lgan hamma narsani /data ga yozing.

main.py
# main.py — aiogram 3 + SQLite (/data da)
import os
import sqlite3
from pathlib import Path

DATA = Path(os.getenv("DATA_DIR", "/data"))   # Persistent Storage
DATA.mkdir(parents=True, exist_ok=True)

db = sqlite3.connect(DATA / "bot.db")
db.execute("PRAGMA journal_mode=WAL")      # bir vaqtda o'qish/yozish uchun
db.execute("CREATE TABLE IF NOT EXISTS users (id INTEGER PRIMARY KEY, name TEXT)")
db.commit()

def save_user(user_id: int, name: str) -> None:
    db.execute("INSERT OR REPLACE INTO users VALUES (?, ?)", (user_id, name))
    db.commit()
handlers.py
# Foydalanuvchi yuborgan rasm va audio — /data/media ga
from aiogram import F, types

MEDIA = DATA / "media"
MEDIA.mkdir(exist_ok=True)

@dp.message(F.photo)
async def photo(message: types.Message, bot) -> None:
    file = await bot.get_file(message.photo[-1].file_id)
    await bot.download_file(file.file_path, MEDIA / f"{message.from_user.id}.jpg")
    await message.answer("Rasm saqlandi ✅")
index.js
// index.js — Node.js (better-sqlite3 + fayllar)
const fs = require('node:fs');
const path = require('node:path');
const Database = require('better-sqlite3');

const DATA = process.env.DATA_DIR || '/data';
fs.mkdirSync(path.join(DATA, 'uploads'), { recursive: true });

const db = new Database(path.join(DATA, 'bot.db'));
db.pragma('journal_mode = WAL');
db.exec('CREATE TABLE IF NOT EXISTS notes (id INTEGER PRIMARY KEY, text TEXT)');

async function saveUpload(name, buffer) {
  await fs.promises.writeFile(path.join(DATA, 'uploads', name), buffer);
}
upload.php
<?php
// Web hosting: foydalanuvchi yuklagan fayllar /data/uploads ga
$dir = '/data/uploads';
if (!is_dir($dir)) mkdir($dir, 0775, true);

$name = bin2hex(random_bytes(8)) . '.pdf';
move_uploaded_file($_FILES['file']['tmp_name'], "$dir/$name");

$db = new PDO('sqlite:/data/site.db');

3. Fayl menejeri

Panel → Persistent Storage → volume: fayl yuklash (katta fayllar bo‘laklab, uzilsa davom etadi), yuklab olish, papka yaratish, nomini o‘zgartirish, nusxa olish, ko‘chirish, o‘chirish, qidiruv, saralash va ko‘p tanlash. PNG, JPG, WEBP, PDF, TXT, JSON, YAML va LOG fayllarini brauzerda ko‘rish mumkin.

4. Zaxira va tiklash

  • Kunlik zaxira har tarifda yoqilgan (soatini o‘zingiz tanlaysiz), haftalik — ixtiyoriy. Qo‘lda zaxira — istalgan payt.
  • SQLite bazalar zaxira paytida izchil nusxalanadi (yarim yozilgan baza bo‘lmaydi), har zaxira tekshiriladi.
  • Tiklashda server vaqtincha to‘xtatiladi, ma’lumot tanlangan holatga qaytadi va server qayta yoqiladi. Tasdiq uchun volume nomi so‘raladi.
  • Zaxirani .tar.zst arxiv sifatida yuklab olish mumkin.

5. To‘lov va muddat

  • To‘lov mavjud EliteHost balansidan, har 30 kunda (avto-uzaytirish yoqiq bo‘lsa).
  • Balans yetmasa: bir necha kun grace davri (yozish mumkin), keyin faqat o‘qish rejimi, keyin saqlash muddati. Hech narsa darhol o‘chirilmaydi.
  • Muddat tugashidan oldin, 70/85/95/100% to‘lganda va zaxira xatosida bildirishnoma (sayt, Telegram, email) olasiz.

Cheklovlar

  • Volume faqat bot va web hosting serverlariga, va o‘sha tugundagi serverlarga ulanadi.
  • Ulash yoki ajratishda server qayta ishga tushadi (mount shu paytda qo‘llanadi).
  • Kichraytirish faqat server to‘xtaganda va fayllar yangi hajmga sig‘sa ishlaydi. Kattalashtirish — onlayn.
  • Symlink orqali volume tashqarisiga chiqib bo‘lmaydi; bitta fayl yuklash chegarasi — 4 GB.
  • Ajratish (detach) ma’lumotni o‘chirmaydi — volume boshqa serverga ulanishi mumkin.