Fayllaringiz hech qachon yo‘qolmaydi
Telegram bot va saytlaringiz uchun doimiy xotira. SQLite, rasm, audio, PDF va yuklamalar restart, yangi ZIP deploy va konteyner qayta yaratilganda ham joyida qoladi.
Oyiga 5 000 so‘m dan · mavjud balansdan to‘lov
db = sqlite3.connect("/data/bot.db")Har qanday doimiy ma’lumot uchun
Botingiz yoki saytingiz yozgan hamma narsa alohida diskda xavfsiz turadi.
Telegram botlar
SQLite baza, foydalanuvchi sozlamalari, sessiyalar va keshlar yangi ZIP yuklanganda o‘chib ketmaydi.
Rasm va media
Foydalanuvchi yuborgan rasm, video va stikerlarni /data ga saqlang — konteyner qayta yaratilsa ham joyida.
Audio va PDF
Musiqa botlari, kitob va hujjat botlari uchun katta fayllar — qat’iy kvota bilan alohida diskda.
Web hosting
Saytga yuklangan fayllar, SQLite yoki JSON ma’lumotlar sayt kodini yangilaganda saqlanib qoladi.
Bir daqiqada tayyor
Tarif tanlang
1 GB dan 100 GB gacha, kerak bo‘lsa qo‘shimcha GB.
Serverni belgilang
Bot yoki saytingizni tanlang — yoki keyinroq ulang.
Balansdan to‘lang
Mavjud EliteHost balansidan, har oy avtomatik.
/data tayyor
Xotira bir necha soniyada yaratiladi va serverga ulanadi.
Kodda ishlating
Faylni /data ga yozing — u doim saqlanadi.
Hajmni tanlang
Narxlar oylik. Qo‘shimcha hajm — har GB uchun alohida, istalgan payt o‘zgartiriladi.
Qo‘shimcha hajm: 3 500 so‘m / GB / oy. «Hozircha joy yo‘q» — tugunda bo‘sh joy yetmaydi, yangi disk qo‘shilganda ochiladi.
Professional xotira — oddiy boshqaruv
Alohida disk
Har bir xotira — alohida ext4 disk. Kvota qat’iy: boshqa mijozlar joyingizni egallay olmaydi.
Kunlik va haftalik zaxira
SQLite bazalar izchil nusxalanadi, har zaxira tekshiriladi. Bir bosishda tiklash yoki yuklab olish.
Fayl menejeri
Panelda yuklash, yuklab olish, papka, nusxa, ko‘chirish, qidiruv va rasm/PDF/matn ko‘rish.
Kattalashtirish
Tarifni oshirsangiz disk darhol, server to‘xtamasdan kattalashadi.
Ajratish ma’lumotni o‘chirmaydi
Xotirani serverdan ajratib, boshqasiga ulang — fayllar joyida qoladi.
Ogohlantirishlar
70%, 85%, 95% va 100% to‘lganda, zaxira xatosi va muddat tugashida xabar beramiz.
Xavfsizlik
Faqat o‘z volume’ingiz: symlink va «..» orqali chiqib bo‘lmaydi, konteyner imtiyozsiz ishlaydi.
Bir nechta volume
Bitta tarif hajmini bir nechta botga bo‘lib berish mumkin.
Faqat yo‘lni o‘zgartiring
Ma’lumotni /data ga yozing — qolganini EliteHost bajaradi.
- Fayllar konteyner foydalanuvchisi nomidan yoziladi — huquq muammosi yo‘q.
- Band joy panelda real vaqtda ko‘rinadi.
- Python, Node.js, PHP, Go — har qanday til bilan ishlaydi.
# Python (aiogram + SQLite) import sqlite3 db = sqlite3.connect("/data/bot.db") db.execute("CREATE TABLE IF NOT EXISTS users(id INTEGER PRIMARY KEY)")
// Node.js — foydalanuvchi rasmi await fs.promises.writeFile(`/data/photos/${id}.jpg`, buffer);
Ko'p so'raladigan savollar
Javob topolmadingizmi? Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — 24/7 ishlaymiz.
Bot yoki saytni qayta deploy qilganingizda (yangi ZIP) papkadagi fayllar yangilanadi va bot yozgan baza yoki rasmlar o‘chib ketishi mumkin. /data ga ulangan xotira esa alohida diskda turadi va hech qachon o‘zi o‘chmaydi.
Faylni /data papkasiga yozing: masalan SQLite uchun sqlite3.connect("/data/bot.db") yoki Node.js da new Database("/data/bot.db"). Batafsil misollar qo‘llanmada.
Bir necha kun xotira odatdagidek ishlaydi (grace davri), keyin faqat o‘qish rejimiga o‘tadi va ma’lumotlar yana bir muddat saqlanadi. Shu vaqtda to‘lov qilsangiz hammasi darhol tiklanadi. Ma’lumot hech qachon darhol o‘chirilmaydi.
Ha. Oshirish — qolgan kunlar uchun faqat narx farqi to‘lanadi va disk darhol kattalashadi. Kamaytirish — avval paneldagi volume’ni kichraytirasiz, yangi narx keyingi to‘lovdan.
Telegram bot hosting va web hosting serverlariga. Bir serverga bir nechta xotira har xil yo‘lga (masalan /data va /storage) ulanishi mumkin.
Ma’lumotlaringizni bugundan saqlang
Xotira bir necha soniyada yaratiladi va botingizga ulanadi.