Haftalik katta yangilanish: EliteStore, EliteMarket sotuvchilari, sovg‘a kartalari, Creator dasturi va yangi panel
🎉 21–25-noyabrda qo‘shilgan hamma narsa — bitta sahifada. O‘yin serveringiz uchun donat do‘koni EliteStore, EliteMarket’da sotuvchi va Verified bo‘lish, jonli va premium sovg‘a kartalari, Creator dasturi, hamkorlar uchun 90+ panel ruxsati, butunlay yangilangan panel va video qo‘llanmalar.
E
EliteHost
🎉 21–25-noyabrda qo‘shilgan hamma narsa — bitta sahifada. O‘yin serveringiz uchun donat do‘koni EliteStore, EliteMarket’da sotuvchi va Verified bo‘lish, jonli va premium sovg‘a kartalari, Creator dasturi, hamkorlar uchun 90+ panel ruxsati, butunlay yangilangan panel va video qo‘llanmalar.
🛍 EliteStore — o‘z donat do‘koningiz
Tebex darajasidagi donat do‘koni, O‘zbekiston uchun. O‘yin serveringizga bir necha daqiqada o‘z do‘koningizni oching va o‘yinchilarga raqamli mahsulotlar soting.
Rank, kit, coin, crate kalit, BattlePass, unban, prefiks va boshqa mahsulotlar — «Tez shablon» bilan bir necha bosishda
To‘lov Click va Payme orqali; avto-to‘lov yoki admin tasdig‘i bilan sotish — tanlov sizda
Xarid o‘yinchiga maxsus plagin orqali avtomatik beriladi; plagin Minecraft’ning bir nechta versiya va yadrolarida ishlaydi
Daromadni chiqarish avtomatlashtirilgan (admin tasdig‘i bilan)
Yangi narxlar: PRO 49 000 va BUSINESS 129 000 so‘m, komissiya 4% dan
UZ / RU / EN, qorong‘i va yorug‘ rejim, 14 ta urg‘u rangi va 4 ta dizayn shabloni
Silliq GIF bannerlar, oylik maqsad, top xaridorlar va e’lon qatori vidjetlari hamda har sotuv haqida Discord’ga xabar
EliteStore — o‘yin serveringiz uchun donat do‘koni
🏪 EliteMarket — endi siz ham sotuvchisiz
EliteMarket sotuvchilarga ochildi: o‘z sborka, plagin, bot va shablonlaringizni soting, Verified bo‘lsangiz — mahsulotingiz darhol joylanadi.
Har sotuvdan 85% sizga; daromad hamyoni va pulni yechish bir joyda
Sotuvchi sahifasi: banner, rang va barcha mahsulotlaringiz
Verified sotuvchi ✅ — mahsulotlar admin tasdig‘isiz darhol joylanadi va qidiruvda yuqoriroq chiqadi
18 ta yangi tayyor shablon: 12 ta Telegram bot, 3 ta sayt va 3 ta Minecraft
5 ta yangi bepul konfiguratsiya: o‘zbekcha server xabarlari, Anti-Xray, kichik server profili, Lobby va Velocity
Xarid qilinganda oltin kinematik sahna va «Serverga o‘rnatish» tugmasi; ochiq yig‘malarni bir bosishda yuklab olish
EliteMarket sotuvchi studiyasi va Verified sotuvchi shartlari
🎁 Sovg‘a kartalari
Do‘stingiz yoki yaqiningizga EliteHost balansini sovg‘a qiling: havola yuborasiz — u kartani tirnab ochadi va pul bir bosishda balansiga tushadi.
Qirib ochiladigan klassik kartalar
Jonli kartalar: shimol nurlari, qorli tun, neon to‘lqin va galaktika
Premium kartalar — EliteHost san’at asarlari, yaltiroq nur va oltin chekka (100 000 so‘mdan)
Balansdan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Click, Payme, Uzcard va Humo bilan sotib olish
Telefonda kinematik «Sovg‘a tayyor» sahnasi va tirnashda vibratsiya
Sovg‘a kartasi yaratish sahifasi
💸 Creator dasturi
Media dasturi endi Creator dasturi bo‘ldi.
O‘z promo-kodingizni oching va obunachilaringizga ulashing
Har bir foydalanishga — 5 000 so‘m
Multiakkauntdan himoyalangan
Daromadni kartaga yechish 50 000 so‘mdan
Creator dasturi — o‘z promo-kodingiz
💡 G‘oyangiz — bonusingiz
Saytga nima qo‘shilsin? «G‘oyalar» bo‘limida yozing — foydali g‘oya uchun balansingizga bonus beramiz.
G‘oyalar bo‘limi
👥 Hamkorlar, panel ruxsatlari va Xavfsizlik qalqoni
Do‘stingiz yoki dasturchingizni email yoki @username orqali qo‘shing va panelda unga qaysi bo‘limlar ochiq bo‘lishini o‘zingiz belgilang.
Tayyor rollar (Kuzatuvchi, Operator, Dasturchi, To‘liq boshqaruv) yoki 90 dan ortiq ruxsatni alohida belgilash
O‘zgarishlar console.elitehost.uz panelida darhol kuchga kiradi
Xavfsizlik qalqoni: hamkor muhim fayllarni o‘zgartirsa yoki serverni to‘xtatsa — darhol xabar va bir bosishda cheklash
Har bir server uchun «Donat-Havola» sahifasi va Top Homiylar podiumi
Sizga ulashilgan serverlar endi saytdagi «Serverlar» bo‘limida ham ko‘rinadi
🖥 Panel: Zaxira markazi va yangi konsol
Zaxira markazi: Google Drive va Dropbox ulash, chiroyli animatsiyalar
«Hozir bulutga» — tasdiqlash kodi (2FA, Telegram yoki pochta) bilan xavfsiz
Avtomatik zaxira: kun va soatni o‘zingiz tanlaysiz, bulut xotirasi ko‘rinib turadi
Konsol: 10+ shrift, rang mavzulari, rangli loglar va o‘z so‘zlaringizni ajratib ko‘rsatish, konsol tillari
Yangi aksent ranglar (Electric, Purple, Sakura, Lava, Nebula, Candy) va «aralash ranglar» rejimi
Paneldagi bildirishnomalar qo‘ng‘irog‘i; Telegram endi saytdagi bot bilan bitta — bir marta ulash kifoya
Har bir o‘yin, bot va sayt serveri uchun 37 xil yangi fon rasmlari
AI yordamchisi kod o‘zgarishlarini chatning o‘zida yashil va qizil rangda ko‘rsatadi
Paneldagi yangi server fon rasmlari
💬 Jonli chat va video qo‘llanmalar
Jonli chatdagi xatolar tuzatildi — xabarlar darhol va barqaror ko‘rinadi, rasm yuborilayotgani ham ko‘rinadi
Avto-javob endi rus va ingliz tillarida ham
Chat va tiketlardagi havolalarni bir bosishda ochish mumkin
«Qo‘llanma» bo‘limida 4 ta yangi video: server sotib olish, Telegram ulash, EliteStore ochish va murojaat yozish
Qo‘llanma markazi va video qo‘llanmalar
✨ Yana yaxshilanishlar
Server sotib olishda Minecraft versiyasiga mos Java avtomatik tanlanadi
Sayt va panel rus va ingliz tillarida to‘liq ishlaydi
Telefonda sayt tezroq ochiladi, bo‘limlar orasida o‘tish silliqroq
Matn maydonlaridagi kursor xatosi tuzatildi
Bosh sahifadagi «60 soniyada server» demosi endi xuddi panel kabi
Server sarlavhasida ulangan domen yoki web-proksi — port yozmasdan
Izohlar(0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.
Hali izoh yo'q — birinchi bo'ling